TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Buxoro uch kishi ayanchki yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘ldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.
Hodisa 01-iyul kuni Peshko‘ tumani hududidan o‘tuvchi A-380 yo‘lining Xorazm-Buxoro yo‘nalishida sodir bo‘lgan. 21 yoshli Cobalt haydovchisi oldinda harakatlanib borayotgan 52 yoshli Yu.Sh.ning boshqaruvida bo‘lgan Mercedes-Benz 1841 LS yuk avtomashinasining orqa qismiga borib urilgan.
© Sledstvenniy departament pri MVD Respubliki UzbekistanV DTP V Buxare skonchalis 3 cheloveka
V DTP V Buxare skonchalis 3 cheloveka
© Sledstvenniy departament pri MVD Respubliki Uzbekistan
Natijada Cobalt haydovchisi H.S. va yo‘lovchi sifatida ketayotgan 22 yoshli S.Y. hamda 50 yoshli P.N.lar hodisa joyda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.