"Ahvoli og‘ir": shifokor Samarqandda dunyoga kelgan siam egizaklari sog‘lig‘i haqida

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishVrach u okna v gospitale dlya lecheniya zarajennix koronavirusnoy infeksiyey COVID-19
Vrach u okna v gospitale dlya lecheniya zarajennix koronavirusnoy infeksiyey COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda egizak qizaloqlar sun’iy nafas oldirish apparatida bo‘lib, ahvoli juda og‘ir, - degan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachi o‘rinbosari Dilshod Rahmonov

TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. Hozirda egizak qizaloqlar sun’iy nafas oldirish apparatida bo‘lib, ahvoli juda og‘ir, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachi o‘rinbosari Dilshod Rahmonovga tayangan holda "Zarafshon" nashri.

Rabota roddoma - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda tug‘ilgan siam egizaklaridan oilasi voz kechdi - OAV

Xabarda ta’kidlanishicha, egizaklarning onasi ayni paytda jiddiy jarrohlik operatsiyasini boshidan o‘tkazgani tufayli davolanishda.

Viiloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachi o‘rinbosari Dilshod Rahmonovning aytishicha, egizak qizaloqlar sun’iy nafas oldirish apparatida bo‘lib, ahvoli juda og‘ir.

"Ikkita yurakda ham jiddiy, murakkab nuqsonlar mavjud. Chaqaloqlarning ichki organlari bir boshdan to‘liq tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Ayni paytda ularning oshqozoni ham ikkitaligi ma’lum bo‘ldi. Egizaklarning salomatligi bo‘yicha to‘liq va aniq ma’lumotlarni aytish uchun qo‘shimcha ko‘plab tibbiy tekshiruvlar o‘tkazilishi kerak", - deb ma’lum qilgan shifokor.

 

Eslatib o‘tamiz, siam egizaklarining ditsefal turiga mansub egizak qizlar 27-iyun kuni Samarqand viloyati perinatal markazida kesarcha kesish natijasida tug‘ilgan. Ular bitta tana, bir juft qo‘l va oyoq, ikkita yurak, ikkita o‘pka, ikkita oshqozon va bitta bachadonga ega. Ular siam egizaklarining eng kam uchraydigan turi - ditsefal parapagamlarga tegishlidir.

Qizchalarning vazni 4600 gramm, bo‘yi 48 sintimetrni tashkil qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo miqyosida tug‘iladigan siam egizaklarining 70-75 foizi qiz bolalar.

Yangiliklar lentasi
0