Davlat soliq qo‘mitasi o‘zini o‘zi band qilganlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni boshladi

© Sputnik / Anton KurilkinTaksi v Uzbekistane
Taksi v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tishni xohlovchilar buni "Soliq" mobil ilovasidan foydalangan holda yoki jismoniy shaxslarning shaxsiy kabineti orqali masofadan turib, bepul amalga oshirishi mumkin.

TOShKENT, 1-iyul - Sputnik. Fuqarolar "Soliq" mobil dasturidan foydalangan holda yoki jismoniy shaxslarning shaxsiy kabineti orqali masofadan turib, bepul ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin, deb xabar berdi DSQ matbuot xizmati.

Prodaves morojenogo pokazal fokus - Sputnik O‘zbekiston
O‘zini o‘zi band qilganlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ko‘payadi - ro‘yxat

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha faoliyat turlarining 67 tagacha kengaytirilishi asosida ro‘yxatga olish tartibi joriy etiladi.

O‘zini o‘zi band qilganlar – bu xizmatlar ko‘rsatishda mustaqil ravishda shaxsiy mehnati bilan ishtirok etadigan, mehnat daromadini olish uchun ish olib boruvchi shaxslar. Bunda ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olinmaydi va yollanma xodimlar mehnatidan foydalanmaydi.

O‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tishni xohlovchilar buni "Soliq" mobil ilovasidan foydalangan holda yoki jismoniy shaxslarning shaxsiy kabineti orqali masofadan turib, bepul amalga oshirishi mumkin. 

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 2020-yil uchun ijtimoiy soliqni bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi hajmida to‘laydi. Ushbu summa to‘liqligicha budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Soliqlarni to‘lash masofadan turib, mobil ilova yoki har qanday elektron to‘lov tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu jismoniy shaxslar uchun soliq to‘lash jarayoniga o‘xshaydi. Endi soliq majburiyatlarini soliq organlariga tashrif buyurmasdan bajarish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0