Qoraqalpog‘istonda dekan o‘rinbosari pora olayotgan vaqtda qo‘lga tushdi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPeredacha portfelya iz ruk v ruki
Peredacha portfelya iz ruk v ruki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dekan o‘rinbosari fuqaroni institutga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 3 ming AQSh dollarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlangan.

TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. Qoraqalpog‘istonda fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan dekan o‘rinbosari ushlandi, deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura axborot xizmati.

Konvert s dollarovimi kupurami - Sputnik O‘zbekiston
Oliy ta’lim tizimidagi 326 nafar xodim korrupsiyaga qo‘l urgan

"Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kegeyli tuman bo‘limi tomonidan prokuratura, DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Nukus davlat pedagogika institutining o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari D.S qo‘lga olingan", - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, dekan o‘rinbosari fuqaro T.ni tanishlari orqali mazkur institutga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 3 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Nachalnik sentra Akademii generalnoy prokuraturi Baxadir Ismailov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston ta’lim tizimidagi korrupsiya: sabablari va kurashish choralari – Ismoilov

Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ham Buxoro muhandaslik texnologiya instituti dekan o‘rinbosari M.A. va Toshkent Davlat irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiya instituti Buxoro viloyat filiali talabasi M.Q. bilan oldindan til biriktirib, fuqaro O.ni Moskva Davlat Radio elektronika va radio texnika institutiga o‘qishga kirishi uchun onlayn tarzda bo‘ladigan test sinovlaridan o‘tkazib berish evaziga 2 500 AQSh dollari talab qilib, shundan, 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 va 28, 211-moddasi  bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0