Toshkentda Rossiya fuqarolari Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar uchun qanday ovoz berishi mumkin

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishKonstitutsiya Rossiyskoy Federatsii.
Konstitutsiya Rossiyskoy Federatsii. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ovoz berishda Rossiya Federatsiyasining uni o‘tkazish kunida 18 yoshga to‘lgan fuqarolari qatnashish huquqiga egadir.

TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. 30-iyun kuni Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasida Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha saylov uchastkasi ochildi, u 1-iyul kuni ham ishlaydi.

“Hurmatli Rossiya fuqarolari! 30-iyun kuni soat 14.00 dan 20.00 gacha va 1-iyul kuni soat 8.00 dan 20.00 gacha Rossiya Federatsiyasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritishga oid elchixonada (Toshkent, Nukus ko‘chasi, 83) umumrossiya ovoz berishi o‘tkaziladi”, - deb xabar berdi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining konsullik bo‘limi.

Diplomatik vakolatxonada aytilishicha, ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi. Shaxs yonida amaldagi xorijiy yoki Rossiya ichki pasportiga ega bo‘lishi kifoya.

Prezident RF V. Putin vistupil s obrasheniyem k grajdanam Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Putin Konstitutsiyaga kiritiladigan tuzatishlarni qadriyatlarning mustahkamlanishi, deya atadi

Shuningdek, konsullik bo‘limi fuqarolarning iltimosiga binoan, 1-iyul umumrossiya ovoz berish kunida saylov uchastkasining o‘zida tayyor chet el pasportlarini olish imkoniyati paydo bo‘lganini ma’lum qildi.

Chet el pasporti berilishga tayyorligini tekshirish va uni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati bilan quyida tanishish mumkin.

Taklif etilayotgan o‘zgartirishlarning mazmuni bilan quyida tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, dastlab Asosiy qonunga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ovoz berish 22-aprelga belgilangan edi, biroq mart oyining oxirida koronavirus infeksiyasining tarqalishi sababli Vladimir Putin uning ko‘chirilishini e’lon qildi. Unda davlat rahbari yangi sana shifokorlarning tavsiyalari asosida belgilanishini ta’kidlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0