Rossiya musulmonlari Qurbon hayitida muhtojlarga yordam beradi

© Sputnik / Said SarnayevPrazdnovanie Kurban-Bayrama v gorodax Rossii
Prazdnovanie Kurban-Bayrama v gorodax Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Zakot” xayriya jamg‘armasi bosh direktori so‘zlariga ko‘ra, Qurbon hayiti munosabati bilan keng ko‘lamli xayriya loyihasi amalga oshiriladi.

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Rossiya musulmonlari Qurbon hayiti munosabati bilan keng ko‘lamli xayriya loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Muhtoj oilalarga qurbonlik qilingan hayvon go‘shti tarqatiladi. Bu haqda RIA Novostiga Rossiya musulmonlari diniy idorasi huzuridagi “Zakot” xayriya jamg‘armasi bosh direktori Rifat Izmaylov ma’lum qildi.

“Hozir jamg‘arma “Qurban-2020” loyihasini o‘tkazishga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda. Rossiyadagi har bir muhtoj oilalarga qurbonlik qilingan hayvon go‘shtini yetkazib berish muhim (axir ba’zan ayrim oilalarda yil davomida 2-3 marta go‘sht bo‘ladi)” – dedi Izmaylov.

Bundan tashqari, xorijdagi musulmonlarga yordam ko‘rsatiladi. Jamg‘arma rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya musulmonlari Afrika va Osiyo mamlakatlaridagi muhtojlarga ham yordam beradi.

Bu yil Qurbon hayiti 30-iyulga to‘g‘ri keladi. Biroq uni nishonlash haqida yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Yangiliklar lentasi
0