Rossiya birinchi bo‘lib MDH mamlakatlariga avia-parvozlarni tiklaydi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishSamolet
Samolet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya COVID-19 pandemiyasi tufayli boshqa mamlakatlar bilan muntazam va charter parvozlarni 27-mart sanasidan vaqtinchalik to‘xtatgan edi.

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Rossiya MDH davlatlariga avia-parvozlarni boshqa davlatlarga ko‘ra oldinroq yo‘lga qo‘yishi mumkin, deya bayonot qildi jurnalistlarga transport vaziri Yevgeniy Ditrix.

Prilot turistov  - Sputnik O‘zbekiston
Transport vazirligi aviachiptalar xarid qilishga shoshilmaslikka chaqirmoqda

"MDH mamlakatlari — bu bizga yaqin bo‘lgan xalqaro parvozlardir. Ehtimol, biz ushbu hududga umumiy xalqaro yo‘nalishlardan ko‘ra ertaroq boshlashimiz mumkin", - dedi u.

Sal oldin Turkiya tomoni 15-iyul sanasidan Rossiyaga muntazam reyslarni tiklash uchun Rossiya tomonidan tasdiqni kutayotgani haqida xabar berilgan edi. Anqaradi Rossiya elchisi Aleksey Yerxovga ko‘ra, bugungi kunda Rossiya va Turkiyaning tegishli idoralari ushbu masalani muhokama qilishmoqda.

Rossiya COVID-19 pandemiyasi tufayli boshqa mamlakatlar bilan muntazam va charter parvozlarni 27-mart sanasidan vaqtinchalik to‘xtatgan edi. 

COVID-19 koronavirus infeksiyasi pandemiyasi butun dunyoni qamrab oldi. BSST taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yer yuzida infeksiyalanganlar soni 10 milliondan oshgan, 500 mingga yaqin insonlar koronavirus oqibatida vafot etganlar.

Yangiliklar lentasi
0