Putin va Lukashenko Sovet askari xotirasiga yodgorlikni ochdilar - video

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin i prezident Belarusi A. Lukashenko otkrili Rjevskiy memorial Sovetskomu soldatu
Prezident RF V. Putin i prezident Belarusi A. Lukashenko otkrili Rjevskiy memorial Sovetskomu soldatu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rjevda Ikkinchi Jahon urushida halok bo‘lgan askarlarni xotirlash marosimida qatnashmoqda.

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Tver viloyati Rjev shahrida sovet askari xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlikni ochdilar.

Prezidentlar gul qo‘yish marosimida ishtirok etib, vafot etganlarning xotirasini bir daqiqalik sukut bilan yod etdilar.

"Rjev memoriali - umumiy xotiramizning yana bir ramzi, Yevropani va butun dunyoni natsizmdan qutqargan askar-qahramon, askar-xaloskor, g‘olib-askarning buyuk va fidokorona qahramonligiga ta’zim qilish ramzidir", - dedi Rossiya prezidenti.

Odamlar yodgorliklar yaratib, ularga kelgunlariga qadar, hech qachon urushning dahshatli voqealarini unutmaydilar, deya qayd etdi o‘z nutqida Lukashenko.

Shuningdek, Putin va Lukashenko "Xotira bog‘i" xalqaro aksiyasida ishtirok etishdi, Ulug‘ Vatan urushi paytida halok bo‘lganlar xotirasiga daraxt ekildi.

Yangiliklar lentasi
0