Rossiyadan O‘zbekistonga 200 nafardan ziyod talaba olib kelindi

© AO "Uzbekiston temir yullari"Charternim aviareysom iz Moskvi v Tashkent pribili 220 studentov Tashkentskogo instituta injenerov jeleznodorojnogo transporta
Charternim aviareysom iz Moskvi v Tashkent pribili 220 studentov Tashkentskogo instituta injenerov jeleznodorojnogo transporta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining Rossiya universitetlarida tahsil olayotgan 220 nafar talabalari vatanga olib kelindi.

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Rossiya universitetlarida tahsil olayotgan 220 nafar talabalar Moskvadan Toshkentga charter reys bilan olib kelindi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Aniqlik kiritilishicha, vatanga Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti, Moskva po‘lat va qotishmalar instituti, Rossiya transport universiteti, Sankt-Peterburg davlat temir yo‘l transporti universiteti, Omsk davlat temir yo‘l muhandisi universiteti va Moskva arxitektura institutida tahsil olayotgan bakalavr, magistr va aspirantlari qaytgan.

Sentr krovi imeni O.K. Gavrilova prinimayet donorskuyu plazmu COVREC - Sputnik O‘zbekiston
Volgogradda 10 nafar o‘zbekistonlik talabada koronavirus aniqlandi

Barcha talabalar Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti talabalar turar joyida karantinga olindi. 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi karantin davrida talabalar uchun barcha zarur maishiy sharoitlar yaratib beradi. Uch mahal issiq ovqat, onlayn tarzda o‘qishni davom ettirayotgan talabalar uchun yuqori tezlikdagi internet xizmati mavjud.  14 kunlik karantin davridan so‘ng barcha talabalar uylariga yuboriladi.

Shuningdek,  yaqin kunlarda Shimoliy Kavkaz kon-metallurgiya institutida tahsil olayotgan yana 102 nafar talabaning vatanga olib kelishini tashkil etish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0