TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Turkmaniston yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist – sharafli unvonini berish haqidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqida RIA Novosti Turkmaniston televideniyesiga asosan xabar qilmoqda.
Hujjatda aytilishiga ko‘ra, Ozodbek Naazarbekovga ushbu sharafli unvon - uning ikki xalq orasida do‘stlikni mustahkamlash, musiqa va qo‘shiq san’atini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi va professional ustaligi uchun berilgan.
O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov Turkmanistonda bir necha bor sahnalarga chiqqan edi. Ushbu konsertlarda prezident Gurbanguli Berdimuhamedov ham bo‘lgan, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning aprel oyida Turkmaniston prezidenti ozarbayjonlik xonanda Polad Bulbul ogliga ham Turkmaniston va Ozarbayjon xalqari qo‘shnichiligi va musiqa san’atiga qo‘shgan hissasi uchun “Turkmaniston xalq artisti” unvonini taqdim etgan edi.