O‘zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi

CC0 / pxhere / Rossiyskie rubli v rukax u jenshini
Rossiyskie rubli v rukax u jenshini - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi prezidentga bo‘ysunadi va Oliy Majlis palatalari oldida hisobdor.

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” prezident farmoni qabul qilindi.

Nachalnik sentra Akademii generalnoy prokuraturi Baxadir Ismailov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston ta’lim tizimidagi korrupsiya: sabablari va kurashish choralari – Ismoilov

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Agentlik) tashkil etildi.

Agentlik korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Agentlik prezidentga bo‘ysunadi va Oliy Majlis palatalari oldida hisobdor.

Farmon bilan Agentlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi. Jumladan, Agentlik mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishni ta’minlaydi.

Agentlik korrupsiyaga oid, birinchi navbatda, O‘zbekistonning milliy manfaatlariga va xalqaro imidjiga zarar yetkazuvchi jinoyatlarni tergov qilish natijalarini kompleks tahlil qiladi.

Agentlikka, shuningdek, quyidagi bir qator huquqlar berildi:

- budjet mablag‘larining sarflanishi, davlat aktivlarining realizatsiya qilinishi, davlat xaridlari, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va davlat dasturlari bajarilishi bilan bog‘liq materiallarni talab qilish, olish va o‘rganish;

Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston korrupsiya reytingida nechanchi o‘rinda?

- jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish;

- korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy surishtiruvlar o‘tkazish;

- ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari qarorlarida korrupsiya belgilari aniqlangan hollarda ularning ijrosini to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarni kiritish.

 Agentlikning ogohlantirish, taqdimnoma va murojaatlari o‘n kun ichida ko‘rib chiqilishi va natijalari yuzasidan yozma axborot berilishi shart.

Yangiliklar lentasi
0