“Mir”dan Uzcardga to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul o‘tkazmalari boshlandi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishPrezentatsiya platejnoy karti "Mir"
Prezentatsiya platejnoy karti Mir - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning "Mir" to‘lov tizimi Uzcard bank kartalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lovlarni amalga oshira boshladi.

TOShKENT, 29-iyun - Sputnik. “Mir” - Rossiya Milliy to‘lov kartalar tizimi MDH davlatldariga kartadan kartaga pul o‘tkazish tizimini ishga tushirmoqda, deb xabar qildi "Kommersant’" nashri.

Xususan, O‘zbekistonning Uzcard va Qirg‘izistonning ELKART bank kartalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlarni 29-iyundan boshlab o‘tkazish mumkin. Pul o‘tkazma komissiyasi 1% atrofida, valyuta almashtirish kursi esa Markaziy bank kursiga yaqin bo‘ladi, deyilgan xabarda.  

Xabarda aytilishiga ko‘ra, bu foydalanuvchi uchun odatiy pul o‘tkazish xizmatlaridan ko‘ra qulay va arzonroq bo‘ladi. Ayni damda mavjud pul o‘tkazish tizimlarida 1-3% - komissiya va valyuta almashtirishning past kursi tufayli yashirin to‘lovlar mavjud.

Rossiya Markaziy banki xabariga ko‘ra, 2020-yilning 1 kvartalida Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari miqdori 759 mln dollarni tashkil qilgan (MDHda 1-o‘rin), Qirg‘izstonga – 359 mln.  O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan 7%ga kamaygan, Qirg‘istonga esa – 22 %ga.

Yangiliklar lentasi
0