TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki “Agrobank” va Xalq bankini iste’molchilar huquqlarini buzganlik uchun jarimaga tortdi.
Bank matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu banklar qonun talablariga rioya qilmagan holda mijozlarning hisobvaraqlariga mablag‘ kiritib qo‘yganlik uchun komissiya to‘lovlarini undirgan.
Shuningdek, banklarning axborot stendlarida noto‘g‘ri va ahamiyatsiz (dolzarb bo‘lmagan) ma’lumotlar joylashtirilgan, kredit shartnomasi shartlariga amal qilmagan holda, kredit to‘lovlari bo‘yicha penyalar hisoblangan va boshqa qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan.
Natijada ushbu banklarga nisbatan belgilangan tartibda jarima sanksiyalari qo‘llanilgan.