Jamiyat

Kelasi yildan qishloq xoʻjaligi texnikalari majburiy tartibda sinovdan oʻtkaziladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVыstavka "Agromash-2019" v "Uzekspotsentre"
Vыstavka Agromash-2019 v Uzekspotsentre - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
2021 yil 1 yanvardan boshlab import qilinadigan va mahalliy qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikalari majburiy tartibda sinovdan oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi texnikalari majburiy tartibda sinovdan oʻtkaziladi. Bu prezident qarorida koʻzda tutilgan.

Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 yanvardan boshlab:

  • import qilinadigan hamda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan barcha turdagi qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikalari hamda ularning agregatlari va butlovchi qismlari majburiy tartibda sinovdan oʻtkaziladi;
  • ushbu teknika, agregat, butlovchi qismlar takomillashtirilganda hamda ularga qoʻshimcha funktsiyalarni bajarish yuklatilganda takroriy sinovlarga taqdim etiladi;
  • Oʻzbekiston hududida foydalanishga tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikalarining yagona davlat reyestriga kiritilgan qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikalaridan respublikada ekinlarni yetishtirishda foydalanishga ruxsat etiladi;
  • qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikalarining agregatlari va butlovchi qismlari uchun muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

2023 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha olib kelinadigan sinov uskunalari va oʻlchash vositalari bojxona bojidan ozod qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0