"Afsonalar vodiysi": Namangandagi madaniyat va istirohat bog‘i qanday ko‘rinishga ega?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPark kulturi i otdixa "Afsonalar vodiysi" v Namangane
Park kulturi i otdixa Afsonalar vodiysi v Namangane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytda 16 turdagi attraksionli tematik park, 2400 o‘rinli amfiteatr, 7 xil suv attraksionlari va 16 ta basseynli akvapark, 2 ta zamonaviy sharshara va musiqali favvora bor

TOShKENT, 27-iyun - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi doirasida "Afsonalar vodiysi" madaniyat va istirohat bog‘iga tashrif buyurdi.

Muzikalniy fontan v Namangane - Sputnik O‘zbekiston
Namanganda musiqali kema-fontan ishga tushirildi

"Ikki yil oldin mana shu bog‘ loyihasi bilan tanishib, unga "Afsonalar vodiysi" deb nom berishni taklif qilgandim. Nomiga munosib  bo‘libdi. Mamlakatimizda bu kabi zamonaviy dam olish maskanlarini hali ko‘plab barpo etamiz", - dedi Mirziyoyev.

Bog‘ hududi 155 gektar. Mazkur dam olish maskanida 123 million dollarga teng loyiha amalga oshirilmoqda.

Davlat rahbari 2018-yil may oyida viloyatga tashrifi chog‘ida "Afsonalar vodiysi" madaniyat va istirohat bog‘i loyihasi bilan tanishgan va uni eng zamonaviy talablar asosida barpo etish zarurligini ta’kidlagandi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPark kulturi i otdixa "Afsonalar vodiysi" v Namangane
Afsonalar vodiysi: Namangandagi madaniyat va istirohat bog‘i qanday ko‘rinishga ega?  - Sputnik O‘zbekiston
Park kulturi i otdixa "Afsonalar vodiysi" v Namangane

O‘tgan yilgi tashrifi doirasida qurilish ishlarini ko‘zdan kechirib, uni tez va sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar bergan edi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPark kulturi i otdixa "Afsonalar vodiysi" v Namangane
Afsonalar vodiysi: Namangandagi madaniyat va istirohat bog‘i qanday ko‘rinishga ega?  - Sputnik O‘zbekiston
Park kulturi i otdixa "Afsonalar vodiysi" v Namangane

Shu davr mobaynida bu yerda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Hozirda qisman ishga tushirilgan madaniyat va istirohat bog‘i to‘liq foydalanishga topshirilsa yiliga 600 ming nafar aholiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPark kulturi i otdixa "Afsonalar vodiysi" v Namangane
Afsonalar vodiysi: Namangandagi madaniyat va istirohat bog‘i qanday ko‘rinishga ega?  - Sputnik O‘zbekiston
Park kulturi i otdixa "Afsonalar vodiysi" v Namangane

Ayni paytda 16 turdagi attraksionli tematik park, 2400 o‘rinli amfiteatr, 7 xil suv attraksionlari va 16 ta basseynli akvapark, 2 ta zamonaviy sharshara va musiqali favvora, 3 ta restoran, 1800 o‘rinli 2 ta avtoturargoh tashkil etilgan. 2022-yil mart oyiga qadar milliy hunarmandlar markazi, masjid, 400 o‘rinli mehmonxona, 110 ta villani ishga tushirish rejalashtirilgan.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev posetil park kulturi i otdixa "Afsonalar vodiysi" v Namangane
Afsonalar vodiysi: Namangandagi madaniyat va istirohat bog‘i qanday ko‘rinishga ega?  - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev posetil park kulturi i otdixa "Afsonalar vodiysi" v Namangane

1 ming 500 ta ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan bu maskanda bugungi kunda 600 nafar ishchi-xodim faoliyat yuritmoqda.

Yangiliklar lentasi
0