TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Hindistonning Bihar va Uttar-Pradesh shtatlarida ikki kun ichida chaqmoq urishi natijasida 110 kishi vafot etdi. RIA Novosti xabariga asosan.
Bundan tashqari, Bihar shtatida 20 kishi, Utar-Pradesh shtatida 12 kishi jarohat oldi. Ular shifoxonaga yotqizildi.
Bosh vazir Narendra Modi hamdardlik bildirdi.
“Uttar-Pradesh va Biharning ba’zi tumanlarida kuchli yomg‘ingarchilik va chaqmoq urishi tufayli aholi vafot etgani to‘g‘risida qayg‘uli xabarlar keldi. Shtatlar hukumatlari favqulodda yordam ko‘rsatilmoqda”, - deb yozdi u tvitterda.
Shtatlar hukumati vafot etgan kishilarning qarindoshlariga 400 ming rupiy yordam puli beriladi.
Ob-havo departamenti Uttar-Pradeshda kuchli yog‘ingarchilikning davom etishini bashorat qilmoqda. Keyingi bir necha kun davomida suv toshqini tez-tez bo‘ladigan - Nepal bilan chegaradosh shimoliy hududlarda "juda kuchli yog‘ingarchilik" bilan momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda.