TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi “Ideal Study” nodavlat ta’lim muassasasida yong‘in yuz berdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, hodisa 25-iyun kuni sodir bo‘lgan. Kelib tushgan murojaat yuzasidan viloyat FVB yong‘in-qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.
Olib borilgan tezkor choralar natijasida bino ichida qolib ketgan 111 nafar o‘quvchi hamda o‘qituvchilar xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi.
Shuningdek, qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari tufayli binoning 1600 m.kv. maydoni yong‘indan asrab qolindi.