TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Karantin qoidalarini buzgani uchun 78 nafar ichki ishlar organlari xodimi jarimaga tortildi, 1 nafari ishdan bo‘shatildi. Bu haqda IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov “Yuksalish” umummilliy harakati tashkil etgan uchrashuvda ma’lum qildi.
G‘iyosovning so‘zlariga ko‘ra, vazirlik IIO saflarini adashib kirib qolganlardan tozalash bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda.
Masalan, 2019-yilda jami 7039 ta xodimga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilgan. Undan tashqari, yo‘l harakat qoidalarini buzgan 1223 ta xodim jarimaga, 133 ta xodim jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Bu yil boshidan buyon esa 2350 nafar xizmat intizomini buzgan xodim aniqlangan, 529 nafari yo‘l harakati qoidalarini buzgan, bunga jarimaga tortilgan hamda 45 xodim jinoiy javobgarlikka tortilgan.
“So‘zda emas, amalda qonun ustuvorligini ta’minlash asosiy vazifamizdir”, - dedi u.