Moskva shahrida Buyuk G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir 9-may kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Ammo koronavirus pandemiyasi sababli uni tashkillashtirish keyingi muddatlarga surildi. Zafarli 1945-yilda G‘alabaning birinchi markaziy paradi 24-iyun sanasida o‘tkazilgani bois joriy yil ham bunday tantana uchun aynan shu kun tanlandi.
Tantanali tadbirlarda, jumladan, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Shuningdek, O‘zbekiston harbiylari ham mazkur tadbirda mamlakat istiqlolga erishganidan keyin birinchi bor ishtirok etdi.
Moskva vaqti bilan soat 23:00 da bayram tantanalariga bag‘ishlangan mushakbozlik bo‘lib o‘tdi. Uning yog‘dulari butun Moskva uzra taraldi.
Sputnik videosi buning isboti!