Kreml Lukashenkoning Rossiya haqidagi tanqidlariga javob qaytardi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v voyennom parade v oznamenovanie 75-letiya Pobedi
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v voyennom parade v oznamenovanie 75-letiya Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aleksandr Lukashenko Rossiya yetakchisi bilan mamlakat saylov jarayonlariga Rossiyadan “qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchilar”ning ta’sirini muhokama qilishni rejalashtirganligi haqida aytdi.

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Rossiya Belarus saylov jarayoniga aralashish niyati yo‘q, deb aytdi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev G‘alaba paradida, 24.06.20.  - Sputnik O‘zbekiston
Oliy martabali mehmonlar va harbiylar G‘alaba paradida - eng yorqin suratlar

U Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko “yaqin vaqtlarda” Vladimir Putin bilan mamlakat saylov jarayonlariga Rossiyadan “qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchilar”ning ta’sirini muhokama qilishni rejalashtirgani haqida aytgan bayonoti yuzasidan munosabat bildirdi.

“Bu yerda biz aniq javob berishimiz mumkinki, Rossiya Federatsiyasi hech qachon hech kimning, ayniqsa ittifoqdoshimiz Belarusda o‘tkazilayotgan saylov jarayonlariga aralashmagan, aralashmayapti va aralashmaydi”, - dedi Peskov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Minsk Moskvaning saylovlarga aralashgani borasida biron bir dalil keltirmadi. "Bunday ayblovlar haqiqatga qanday mos kelishi" haqida o‘ylashga majbur qiladi.

Peskov ta’kidlashicha, Putin G‘alaba paradiga Moskvaga kelgan Lukashenko bilan qisqa suhbatlashish imkoniyatiga ega bo‘lishgan.

Ikki yetakchi "muloqotni davom ettirishadi, tez-tez va mazmunli muloqot qilishadi", deb qo‘shimcha qildi Kreml vakili.

Shuningdek, u Lukashenko Rossiya haqida "juda ko‘p yaxshi bayonotlar" aytganligini eslatdi.

9 avgust kuni Belarusda prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi, Lukashenko oltinchi muddatga saylanmoqda. U "ba’zi kuchlar kuchaygani, mamlakatdagi vaziyatni o‘ynatishga uchun faolikni boshlamoqda" va vaziyatni demokratik va kuch bilan hal etish tanlovi oldiga qo‘ymaslikni so‘ragan.

Shu bilan birga, Lukashenko hukumat mamlakatni beqarorlashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli rejani buzishga muvaffaq bo‘lishdi.

Yangiliklar lentasi
0