Koronavirusdan xoli viloyatda aholi orasida COVID-19 aniqlandi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishTestirovanie na nalichie antitel k COVID-19
Testirovanie na nalichie antitel k COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda aniqlangan COVID-19 7000 taga yaqinlashdi. Umuman “yashil” bo‘lgan Jizzaxda ikkita yangi holat tasdiqlandi.

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda o‘tgan tun davomida 89 ta yangi koronavirus holati aniqlandi. Shundan ikkitasi koronavirusdan umuman xoli bo‘lgan Jizzax viloyatida aholi orasida aniqlandi.

“2020 yil 25-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6990 (+89) nafarni tashkil etmoqda”, - deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Rossiyskie mediki razrabotali vaksinu - Sputnik O‘zbekiston
Reaksiya odatiymi? COVID vaksinasi ko‘ngillilarning mazasini qochirdi

Yangi kasallanganlarning 40 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 38 nafari Toshkent shahrida (shundan 28 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent viloyatida chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 2 nafar Jizzax viloyatida, 1 nafar Andijon viloyatida aholi orasida, qolgan 1 nafar Surxondaryo viloyatida aniqlangan.

Shu kunga qadar 4685 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (68 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2286 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 14 nafari og‘ir, 5 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0