Xuddi 1945-yildagidek: Bu yilgi G‘alaba paradi nima bilan esda qoladi?

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishVoyenniy parad v oznamenovanie 75-letiya Pobedi
Voyenniy parad v oznamenovanie 75-letiya Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G‘alaba Paradi boshqa sanaga ko‘chirilgani muhim emas, muhimi odamlar bugun ham aynan o‘shi tuyg‘ularni his qilishmoqda.  

TOShKENT, 25-iyun – Sputnik, Andrey Kos, Yekaterina Petuxova. Moskvada 24-iyun kuni Ikkinchi Jahon urushidagi G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan G‘alaba Paradi bo‘lib o‘tdi. Parad tashkilotchilari uni 1945-yilda bo‘lib o‘tgan birinchi G‘alaba paradga o‘xshatishga intilishdi. RIA Novosti xabariga asosan. 

O‘sha-o‘sha to‘q kulrang chorqirra toshlar yotqizilgan Qizil Maydon, o‘sha SSh-40 kaskalar ostidan qarab turgan navqiron yuzli askarlar,  afsonaviy T-34 tanklarining uchta-uchta bo‘lib o‘tishi – bularning barchasi veteranlarga bundan roppa-rosa 75-yil oldin 1945-yilning 24-iyunida bo‘lib o‘tgan paradni eslatdi.

© Sputnik / Mediabankka o‘tishVoyenniy parad v oznamenovanie 75-letiya Pobedi
Xuddi 1945-yildagidek: Bu yilgi G‘alaba paradi nima bilan esda qoladi? - Sputnik O‘zbekiston
Voyenniy parad v oznamenovanie 75-letiya Pobedi

Veteranlar va nufuzli mehmonlar o‘tirgan tribunalar oldidan 15 mingga yaqin askar va zobitlar g‘olib bo‘lgan ajdodlari bayroqlari ostida tantanali saf tortib o‘tishdi.

Nayzalarda quyosh jilosi

Kreml soatida vaqt 09:30. Parad boshlanishiga hali yarim soat vaqt bor, lekin Harbiy kuchlarning turli qo‘shnlari “qutilari”  ( maydondan to‘rtburchak shaklida o‘tuvchi guruhlar korobka,ya’ni qutideyiladi)  allaqachon Qizil maydondan joy olgan. Tomoshabinlar joylaorini egallashmoqda, bu safar ularning soni ancha kamayib qolgan. Jurnalistlar ham kamchillikda, faqat teleopreatorlar va fotokorrespondentlar. Qolganlar Manejdagi press-markazda. Moskvada ommaviy tadbirlar o‘tkazish cheklovlari hali bekor qilinmagani tufayli, Sergey Sobanin shahar aholisiga paradni uydan tomosha qilishni maslahat bergan edi.

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishVoyenniy parad v oznamenovanie 75-letiya Pobedi
Xuddi 1945-yildagidek: Bu yilgi G‘alaba paradi nima bilan esda qoladi? - Sputnik O‘zbekiston
Voyenniy parad v oznamenovanie 75-letiya Pobedi

Bugun Moskvada quyoshli ob-havo, harorat +24. 75-yil oldin esa ushbu kunda juda kuchli yomg‘ir bo‘lib o‘tgan edi, lekin u ham g‘oliblarning tantanali yurishini to‘xtatib qola olmagandi. Parad qo‘mondoni Konstantin Rokossovskiyning nabirasi Ariadna eslashiga ko‘ra, marshalning kiyimi ho‘l bo‘lib, tanaga yopishib qolgan edi, uni yechish uchun yengining choklarini yirtishga to‘g‘ri kelgan.  

Bugun esa marosimni Armiya bosh qo‘mondoni, armiya generali Oleg Salyukov boshqarmoqda. Paradni Mudofaa vaziri Sergey Shoygu qabul qilmoqda. Soat roppa-rosa o‘n bo‘lganda ular Maydonga kirib kelishdi. Qo‘mondonlar Aurus parad kabrioletlarida turib qo‘shnlarni aylanib, har bir guruhini qutlab chiqishadi. 1945-yilda ham xuddi shu tarzda Jukov va Rokossovskiy Kumir va Polyus laqabli otlarda barcha frontlarining birlashgan polklarini qutlashgan edi.

Shundan so‘ng Shoygu "Mashhur bo‘l" qo‘shig‘i ostida Qizil maydon markaziga bosh qo‘mondonga qo‘shinlar paradga tayyorligi to‘g‘risida xabar beradi.

Tarixga hurmat

Parad Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning tantanali nutqi bilan boshlandi. Prezident  markaziy podiumda faxriy mehmonlar bilan birga o‘tirardi. Bundan yetmish besh yil oldin Georgiy Jukov mavzoley ustidagi minbardan turib nutq so‘zlagan edi. Ikkala nutqda ham o‘xshash jihatlari bor. Jukov ham, Putin ham Germaniya va fashistlar ustidan qozonilgan g‘alabada Qizil Armiyaning hal qiluvchi rolini ta’kidladilar. Germaniya asosiy kuchlarini, tanklari va samolyotlarining 75 foizini – aynan Sovet askarlari yo‘q qilgani – alohida ta’kidlab o‘tildi.

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin na voyennom parade v oznamenovanie 75-letiya Pobedi na Krasnoy ploshadi
Xuddi 1945-yildagidek: Bu yilgi G‘alaba paradi nima bilan esda qoladi? - Sputnik O‘zbekiston
Prezident RF Vladimir Putin na voyennom parade v oznamenovanie 75-letiya Pobedi na Krasnoy ploshadi

Kreml uzra uch karra "Ura!" sadolari yangraydi. Qizil Maydonga Valeriy Xalilov nomidagi Moskva harbiy musiqa maktabining yosh barabanchilar guruhi kirib keladi. 1945-yil 24-iyunda ham Parad ularning tengdoshlari – Suvorovchilar barabanlari sadolari ostida ochilgan edi. Ulardan so‘ng Qizil Maydonga barcha kuchlarining faxriy qorovul qo‘shinlari chiqishdi.

Faxriy qorovuldan so‘ng Qizil maydonga, Ikkinchi Jahon urushi formasi kiygan 11 ta harbiy qism saf tortib o‘tishdi. Strategik Raketa Kuchlari Harbiy Akademiyasi askarlari esa 75-yil oldin bo‘lgani singari frontlar shtandartlarini ko‘tarib o‘tishdi. Hammasi avvalgidek: boshida Kareliya fronti eng so‘ngida 3-Ukraina fronti shtandarti olib o‘tildi.

Ulardan so‘ng Moskva Oliy Qo‘mondonlik o‘quv yurti, piyoda askarlar, uchuvchilar, dengizchilar, muhandislar, razvedkachchilar, chegarachilar va kazaklar o‘tishdi.

Har bir tarixiy forma 1945-yildagi G‘alaba Paradida askarlar kiygan kiyimning aniq namunasiga muvofiq tikilgan. Matolar va aksessuarlar, ofitserlik kiyimlaridagi naqshlar 1940-yillarda ishlatilganlarga mos keladi. Urush paytida ham ishlagan Volodarskiy nomidagi Sankt-Peterburg tikuvchilik fabrikasi ushbu buyurtmani zudlik bilan bajardi. Qo‘llarida vintovka ushlagan askarlar 1945-yil 24-iyundagi ajdodlarining xuddi o‘zi.

© Sputnik / Pavel Lvov / Mediabankka o‘tishVoyenniy parad v gorodax Rossii v oznamenovanie 75-letiya Pobedi
Xuddi 1945-yildagidek: Bu yilgi G‘alaba paradi nima bilan esda qoladi? - Sputnik O‘zbekiston
Voyenniy parad v gorodax Rossii v oznamenovanie 75-letiya Pobedi

75 yil oldingi paradda faqat bir xorijiy davlat qo‘shinlari ishtirok etgan edi. O‘shanda Polsha Qurolli kuchlari 1-Belorus fronti tarkibida qadam tashlab o‘tishgan edi. Bugun esa Qizil Maydon bo‘ylab 13 mamlakatning harbiylari saf tortib o‘tishdi: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, O‘zbekiston, Hindston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Moldova, Mo‘g‘uliston, Serbiya, Tojikiston va Turkmanistondan 70tadan askarlar “quti-quti” bo‘lib o‘tishdi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVoyennoslujashie VS Uzbekistana vo vremya parada na Krasnoy ploshadi
Xuddi 1945-yildagidek: Bu yilgi G‘alaba paradi nima bilan esda qoladi? - Sputnik O‘zbekiston
Voyennoslujashie VS Uzbekistana vo vremya parada na Krasnoy ploshadi

Mehmon qo‘shnlardan so‘ng ayol askarlar, suvorovchilar, naximovchilar va yunarmiyachilar saf tortib o‘tishdi. Ulardan so‘ng har bir turdagi qo‘shnlarning parad guruhlari o‘ta boshladi. 75-yil oldin harbiylar qo‘shn turiga bo‘linmasdan, uchuvchilar, tankchilar va razvedkachilar yagona safda o‘tishgan edi. O‘shanda faqat vitse-admiral vladimir Fadeyev boshchiligidagi dengizchilar guruhi alohida o‘tishgan.

T-34ning munosib ajdodlari

Qizil maydonga motorlarini guburlatib 31ta T-34-85 tanklari kirib keldi. Bu ushbu mashhur tanklarning so‘nggi yillarda so‘nggi yillarda namoyish etilgan  eng katta to‘plamidir. O‘tgan yilning yanvar oyida Laos hukumati Rossiyaga 30ga yaqin foydalanishga yaroqli bo‘lgan T-34 tanklarini sovg‘a qilgan edi. 1945-yil paradida ham T-34 tanklari ishtirok etgan edi. Ular IS-2 og‘ir tanklari bilan birgalikda 1850tadan iborat jangovar mashinalar qatorida parad so‘nggida maydonga chiqishgan edi.

© Sputnik / Host photo agency / Evgeny Biyatov / Mediabankka o‘tishTanki T-34-85 vo vremya voyennogo parada Pobedi na Krasnoy ploshadi
Xuddi 1945-yildagidek: Bu yilgi G‘alaba paradi nima bilan esda qoladi? - Sputnik O‘zbekiston
Tanki T-34-85 vo vremya voyennogo parada Pobedi na Krasnoy ploshadi

Po‘lat veteranlardan so‘ng tomoshabinlarga ilk bor T-90M va T-80BVM yangilangan tanklari namoyish etildi. Artilleriyachilar esa mashhur “Smerch” o‘rniga kelgan eng yangi “Tornado-S” rusumli yoppasiga o‘t ochish tizimida Maydondan o‘tishdi.

Havo mudofaasi qo‘shnlari S-350 “Vitaz” zenit-raketa tizimini namoyish qilishdi. RXBZ (radiatsiya, kimyo va biologik himoya) kuchlari esa – g‘ildirakli bazaga o‘rnatilgan og‘ir olov purkash tizimi TOS-2 “Tosochka”ni namoyish qilishdi.  

Eng yangi texnikalar qatorida “Armata” platformasida qurilgan T-14 tanki va T15, Kurganes-25  BMPlari hamda “Bumerang”BTRi va “Koalitsiya-SV” o‘ziyurar gaubitsasi namoyish etildi.

© Sputnik / Host photo agency / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishBoyevaya mashina podderjki tankov (BMPT) "Terminator" vo vremya voyennogo parada Pobedi
Xuddi 1945-yildagidek: Bu yilgi G‘alaba paradi nima bilan esda qoladi? - Sputnik O‘zbekiston
Boyevaya mashina podderjki tankov (BMPT) "Terminator" vo vremya voyennogo parada Pobedi

75 yil oldin ob-havo yomon kelgani tufayli paradning havo qismi bekor qilingan, uchishga tayyor turgan 220ta samolyotla aerodromlarda qolgan edi. Bugun esa ob-havo a’lo keldi. Qizil Maydon uzra Su-35, Su-30, MiG-29SMT, Su-57 qiruvchilari, Su-24M2 va Su-34  bombardimonchi samolyotlari, eng yangi “Xanjar” gipertovushli raketalari bilan jihozlangan Su-25 va MiG-31 samolyotlari saf tortib uchib o‘tishdi. Ulardan tashqari strategik raketa tashuvchi Tu-95 va Tu-160 hamda Mi-35M, Ka-52 va Mi-28 jangovar vertolotlari uchib o‘tdi.

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishParad v oznamenovanie 75-letiya Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne v Moskve
Xuddi 1945-yildagidek: Bu yilgi G‘alaba paradi nima bilan esda qoladi? - Sputnik O‘zbekiston
Parad v oznamenovanie 75-letiya Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne v Moskve

Xuddi 75-yil oldin bo‘lgani kabi Parad qo‘shma orkestning “G‘alaba kuni” qo‘shig‘i ostida tugatildi.

RIA Novosti muxbirlari Parad vaqtida Kreml va uning atroflarida nimalar bo‘lgani bilan qiziqishdi.

Politsiya Kremlga yaqin bo‘lgan barcha ko‘chalarni yopib qo‘ygan edi. Shu sabab tibbiy niqob taqqan minglab kishilarga soat 9lardan boshlab katta Ustinskiy ko‘prigi oldida va Moskvoreskaya qirg‘oq ko‘chasida zich to‘lgan edi. Bu yerdan Paradni hech bo‘lmasa uzoqdan turib tomosha qilish mumkin.

- Parad shu yerdkn aniq ko‘rinadimi?

- Oldingi yillardan har doim shu yeradn o‘tishardi

- Texnikani qayerdan tomosha qilsa bo‘ladi?

- Ular kremldan so‘ng Yangi Arbat ko‘chasiga burilishadi. Yaxshisi Zvenigorod shossesiga borgan ma’qul.

Bir necha daqiqadan so‘ng, Moskvoreskaya ko‘chasida paradning birinchi bo‘limlari ko‘rinadi. Oldinda Qizil Armiya shtandartlari ko‘targan harbiylar. Ko‘prikda turganlar ularni G‘alaba bilan qutlashadi. Askarlar “Ura!” ura deb javob qaytarishadi. Har bir guruh ko‘prik ostidan o‘z qo‘shig‘i bilan o‘tmoqda. Kimdir “G‘alaba kuni”, yana boshqa guruh “Ex Ladoga” qo‘shig‘ini kuylashmoqda. Tomoshabinlar ularga jo‘r bo‘lishdi.

© SputnikVoyennoslujashie stran bivshego SSSR na parade Pobedi v Moskve
Xuddi 1945-yildagidek: Bu yilgi G‘alaba paradi nima bilan esda qoladi? - Sputnik O‘zbekiston
Voyennoslujashie stran bivshego SSSR na parade Pobedi v Moskve

Parad ishtirokchilari biroz yengilroq bo‘lsada, lekin haligacha bir xil qadam tashlab saflarini buzmay ketishmoqda. Ular yuqori kayfiyatda ekani shundoq bilinib turibdi. Boltiq dengizi floti dengizchilari ko‘prik ustidagi tomoshabinlarga yaqinlashganda, xuddi birov buyruq berilgandek, hammalari bir zum to‘xtab, birgalikda furajkalarini silkitishdi. Tomoshabinlar mamnun bo‘lib ularni olqishlashdi.

“Mana bu zo‘r bo‘ldi, bayramingiz bilan” deb tomoshabinlar yuqori kayfiyatda bir-birlarini qutlashadi. Osmonda samolyotlar qoldirgan rossiya bayrog‘ining izi hali tarqalmasdan turib odamlar rasmga tushishga shoshilishdi. Kimdir harbiy texnikani tomosha qilish maqsadida tezda avtomobilga o‘tirib Zvenigorod shossesiga oshiqadi. Ko‘prik oldidan T-34 tanklari safi o‘tayotganda tomoshabinlar “Salom onajon, biz barchamiz urushdan qaytmadik” nomli qo‘shiqni kuylashni boshlashadi.

Ayrimlarning ko‘zida quvonch yoshlari ko‘rindi. Parad boshqa sanaga ko‘chirilgani muhim emas, muhimi odamlar bugun ham aynan o‘shi tuyg‘ularni his qilishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0