Karantin vaqtida test sinovlari qanday o‘tadi – DTM javobi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNachalnik otdela Gosudarstvennogo sentra testirovaniya Uzbekistana Elvira Urayeva
Nachalnik otdela Gosudarstvennogo sentra testirovaniya Uzbekistana Elvira Urayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
DTM bo‘lim boshlig‘i Elvira Urayeva bu yilgi test sinovlari o‘tkazish tartibi haqida so‘zlab berdi va abituriyentlarga tegishli tavsiyalarni berdi.

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Davlat test markazi bo‘lim boshlig‘i Elvira Urayeva pandemiya vaqtida test sinovlari qanday o‘tishi haqida ma’lumot berdi. Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabariga asosan.

“Bu yil respublikamizda, pandemiya sharoitini hisobga olgan holda, test sinovlarining mazmuni va  o‘tkazish jarayonida ba’zi o‘zgarishlar mavjud. Shuni ta’kidlash kerakki, o‘tgan yili bo‘lgani kabi, test sinovlari katta binolarda o‘tkaziladi. Ammo bu binolarga kirish qismida abituriyentlarning tana harorati o‘lchanadi. Ular maxsus dezinfeksiya tunnelidan o‘tadilar. Sinov jarayoni qo‘lqop va himoya niqoblarida o‘tkaziladi”, - deb ta’kidladi DTM xodimasi.

Himoya vositalari test sinovlariga boshlanishidan avval, kirish qismida abituriyentlarga tarqatiladi.

“Harorati normal bo‘lgan abituriyentlar, albatta, test sinov topshirish uchun binoga kiritiladi. Ammo abituriyentning tana harorati 37 darajadan yuqori ekanligi aniqlansa, qolgan abituriyentlar uchun xavfsizlik muammosi mavjudligini hisobga olgan holda, respublika komissiyasining tavsiyalariga ko‘ra, bu abituriyent binoga kiritilmaydi va test sinovida qaytashmaydi. Ular karantinga yoki tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yuboriladi.

Ko‘rikdan so‘ng, abituriyentning kasal emasligi ma’lum bo‘lsa, unga qo‘shimcha kunda test topshirish imkoniyati beriladi.

Bu yilgi yangilik – hujjatlarni masofadan topshirish. Abituriyentlar  onlayn tarzda abitur.dtm.uz sayti orqali hujjat yuborishi mumkin. Shuningdek, shaxsiy kabinet orqali test sinovlari o‘tkaziladigan sana, joyi va o‘zgarishlar haqida bilib olishi mumkin.

DTM vakilining so‘zlariga ko‘ra, 160 mingga yaqin hujjat kelib tushdi. Test sinovlari  1-avgustda o‘tkazish rejalashtirilgan, hujjat topshirish jarayoni yakunlangandan so‘ng aniq sanasi ma’lum bo‘ladi.

Bu yil test sinovlari ikki fandan olinadi, shuningdek 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash mumkin.

Kak proydut testovie ispitaniya v Uzbekistane v period karantina — Elvira Urayeva
Yangiliklar lentasi
0