TOShKENT, 24-iyun - Sputnik. O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev Moskvaning Qizil maydonidagi G‘alaba paradida ishtirok etdi.
"Pandemiya bilan bog‘liq bo‘lgan hozirgi murakkab vaziyatda, davlatimiz rahbarining bunday tadbirda ishtirok etishi ajdodlarimizga xos bo‘lgan qahramonlik timsolidir, - deyiladi Mirziyoyev matbuot xizmatining bayonotida. -Prezidentimiz yana bir bor O‘zbekiston xalqining sharafli G‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasiga hurmat bajo keltirdi”.
Mustaqil O‘zbekiston rahbari kabi, mamlakat harbiylari ham paradda birinchi marta ishtirok etdilar.
“Xalqaro miqyosda, qayg‘u va iztiroblardan omon qolib, frontda va front ortida to‘ldirib bo‘lmaydigan yo‘qotishlarga duchor bo‘lgan jasur xalqimizning xizmatlari nishonlandi”, - deyiladi habarda.
Qizil maydonda bo‘lib o‘tgan marosimda ja’mi 225 ta harbiy texnika, 13 ta davlatdan 14 ming askar va zobitlar ishtirok etdi. Rossiya poytaxti uzra parad safida 55 samolyot va 20 vertolot uchib o‘tdi.
Paraddan so‘ng davlat rahbarlari Aleksandr bog‘idagi noma’lum askar qabri poyiga gul qo‘ydilar.
Mirziyoyev matbuot xizmatiga ko‘ra, harbiy harakatlar O‘zbekiston chegaralaridan ancha narida sodir bo‘lgan bo‘lsa-da, qiyinchilik va azob-uqubatlar har bir oilaga ta’sir qildi.
Urushga 1 million 951 ming odam safarbar etildi, 200 mingdan ortiq askar va zobitlar harbiy mukofotlar bilan taqdirlandilar.
O‘zbekistonga 1,5 million odam evakuatsiya qilindi, shu jumladan 250 mingdan ortiq yosh bolalar.