TOShKENT, 24-iyun - Sputnik. KXDR rahbari Kim Chen In Bosh shtab tomonidan taqdim etilgan Janubga qarshi harbiy operatsiyalar rejasini keyinga qoldirishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Koreya markaziy telegraf agentligi (STAK).
Shimoliy Koreyada Koreya Mehnat partiyasining yettinchi chaqiriq Markaziy harbiy qo‘mitasining beshinchi majlisining dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda harbiy siyosatning asosiy loyihalari, hisobotlar va rezolyutsiyalar, shuningdek “mamlakatning to‘xtatib turish harbiy kuchni yanada kuchaytirish bo‘yicha davlat chora-tadbirlari” aks ettirilgan hujjatlar ko‘rib chiqildi.
Dastlabki uchrashuvdan so‘ng KHDR chegarada targ‘ibot karnaylarini demontaj qilishni boshladi. Shuningdek, Shimoliy Koreyaning tashqi tashviqoti uchun mo‘ljallangan internet-manbalari Shimoliy Koreyaga qarshi varaqalar yuborilishini tanqid qiluvchi maqolalarni o‘chirishni boshladi, deb habar beradi RIA Novosti.
Shimoliy Koreya 16-iyun kuni demarkatsiya chizig‘i yaqinidagi Keson sanoat kompleksidagi qo‘shma aloqa ofisini portlatgandan so‘ng, mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar yanada keskinlashdi. Bunga Janub tomonidan KHDR hududiga targ‘ibot materiallarini yuborilishi sabab bo‘lishi mumkin.
Seulning ta’kidlashicha, eskalatsiyaning barcha oqibatlariga KHDR javobgardir, ammo u hamon varaqalar yuboruvchilar bilan ishlash rejalarini bekor qilmagan.
Avvalroq Sputnik radiosi Tramp Boltonni KXDR rahbari bilan uchrashuvda “kabutar” deb ataganligi haqida xabar bergan edi.