"AQSh diplomatiyadan uzoqlashmoqda": Lavrov Rossiyaning AQSh sanksiyalariga munosabati haqida

Obuna bo‘lish
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov G‘arb mamlakatlari va AQSh tomonidan Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalarga Moskvaning munosabati qandayligini izohladi

Rossiyadagi jismoniy va yuridik shaxslarga qarshi kiritilgan sanksiyalar va iqtisodiy cheklovlar soni bo‘yicha Donald Tramp ma’muriyati allaqachon AQShning sobiq prezidenti Barak Obama ma’muriyatini ortda qoldirdi.

Lavrov Moskva bundan sira hafa emasligini aytdi va zamonaviy G‘arb bilan ishlash juda murakkab jarayonligiga e’tibor qaratdi.

"Birgalikda ishlash uchun qandaydir diplomatik forma kerak, lekin men ba’zi g‘arblik hamkasblarda, ayniqsa, G‘arb lageridagi "musiqa buyurtmachilari" orasida diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘yishga bo‘lgan layoqatni ko‘rmayapman. Ular ko‘proq o‘zgacha metodlarni ma’qul ko‘radilar. Lekin bu zinhor bizga bu huzur bag‘ishlashini anglatmaydi. Biz bu haqda mudom ta’kidlab kelganmiz, qolaversa, prezident Vladimir Putin Ikkinchi jahon urushiga bag‘ishlab yozgan maqolasida bizning maqsadimiz hamkorlik ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi", - dedi Lavrov.

Chexiya prezidenti Rossiyaga qarshi sanksiyalar behuda ekanini ma’lum qildi >>>

Rossiya TIV rahbariga ko‘ra, amerikalik hamkasblar xalqaro sahnada ish yuritish tili bo‘lmish - diplomatiyadan tobora uzoqlashmoqda.  

Tashqi siyosiy idora rahbari ta’kidlashicha, Rossiya, mamlakatlar o‘rtasidagi muloqot teng va manfaatlar muvozanatini topishga qaratilgan bo‘lsa, "muzokaralar uchun eshiklarini ochiq qoldiradi".

Tafsilotlarni videolavxada tomosha qiling.

Yangiliklar lentasi
0