Nozik masala: Suleykov COVID-19ga chalinadigan sayyohlar uchun to‘lanadigan kompensatsiya haqida

© Foto : Iz lichnogo arxiva Andreya SuleykovaAndrey Suleykov
Andrey Suleykov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Geografiya jamiyatining a’zosi, Rossiya Federatsiyasining barcha hududlari va barcha MDH mamlakatlari uchun TripTip qo‘llanmasi asoschisi, Appreal Group rahbari Andrey Suleykov O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish maqsadida ko‘rilayotgan yangi choralarni baholadi

O‘zbekistonda dam olish vaqtida COVID-19 koronavirusiga chalingan chet ellik turistlar, uch ming dollar hajmida pul kompensatsiya oladilar. Bu O‘zbekiston prezidentining "Sanitariya-epidemiologik xavfsizlik rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda turizm sohasini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Tolpa_turistov_u_pamatnika_Amiru_Temuru_Skver - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olgan xorijlik sayyohlarga 3000 dollar to‘lanadi

Rossiya Geografiya jamiyatining a’zosi, Rossiya Federatsiyasining barcha hududlari va barcha MDH mamlakatlari uchun TripTip qo‘llanmasi asoschisi, Appreal Group rahbari Andrey Suleykov bu piar nuqtayi nazaridan bu juda yaxshi yechim ekanini va o‘zining dadilligi tufayli OAV e’tiborini jalb qilib, O‘zbekiston uchun zarur ma’lumot to‘lqinini yuzaga keltirganini ta’kidladi.

"Hayotga tatbiq etilishi nuqtayi-nazaridan esa, meni fikrimcha bu o‘ta nozik masala. Axir kasallik ular uchun xatarli emas, balki biroz og‘riqli bo‘lishi mumkin, deya taxmin qilib, shu 3 ming dollarni olish uchun kasallikni yuqtirish imkoniyatlarini izlay boshlaydigan umidsiz odamlar ham yetarli. Qo‘rquv neligini bilmaydigan bunday odamlarni qo‘llab-quvvatlashning istiqboli o‘ta shubhali. Lekin umuman olganda g‘oyaning o‘zi yaxshi", — dedi Suleykov.

Ekspert shuningdek, boshqa mamlakatlar turistlarni qanday qilib jalb qilishga harakat qilishayotgani haqida so‘zladi. Misol uchun, Yaponiya, turlarni xarid qilishda aviachiptalar narxining yarmini to‘lab berishni taklif qilmoqda, Sitsiliya esa (Italiya avtonom viloyati - tahr.) to‘rtinchi oqshomni "sovg‘a" qilmoqda, kamiga muzeylarga bepul chiptalar ham paketdan o‘rin olgan.

To‘liq izohni Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Tonkiy lod: Suleykov o kompensatsii dlya turistov za zarajenie COVID-19
Yangiliklar lentasi
0