Hodisalar

Qashqadaryoda sotuvchi 50 ming soʻm uchun xaridorni urib oʻldirib qoʻydi

© Sputnik / Stas EtveshSmartfon, arxivnoye foto
Smartfon, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qamashi tumanida doʻkon xodimi olgan telefoni uchun toʻlanmagan qarzini olib kelgan xaridor bilan janjallashib, uning yuziga musht tushirdi.

TOSHKENT, 22 iyun — Sputnik. Qashqadaryoda doʻkon sotuvchisi qarzini olib kelgan xaridorning umriga zomin boʻldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Voqea 16 iyun kuni Qamashi tumani “Iftixor” koʻchasida joylashgan “Hunarmand” savdo majmuasi oldida sodir boʻlgan. Doʻkon xodimi A.L. “Redmi 8A” telefonini 1,6 mln soʻmga sotib olib, shundan toʻlanmay qolgan 250 ming soʻm qarzini berish maqsadida kelgan E.S.dan 300 ming soʻm berishini talab qilgan. Telefon 2020 yil 27 aprel kuni xarid qilingan edi.

V Tashkentskoy oblasti molodoy chelovek ubil opponenta lopatoy - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Zangiotada 21 yoshli yigit raqibini belkurak bilan urib oʻldirib qoʻydi

Ular oʻzaro janjallashib qolishgan. Tashqariga chiqib sotuvchi xaridorning yuzi va boshiga mushti bilan bir necha marotaba urgan. Natijada u yerga bosh qismi bilan yiqilib, tan jarohati olgan. Xaridor kasalxonada tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga koʻra, E.S. bosh miyaning yopiq jarohati, ensa suyagining chiziqli sinishi va boshqa koʻrinishdagi hayot uchun xavfli boʻlgan ogʻir tan jarohati olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.L.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (Jabrlanuvchining oʻlishiga sabab boʻlgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi ochilgan va u ushlangan.

Yangiliklar lentasi
0