Ushbu yilning 1-aprelidan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 14 800 dan ortiq uy joy sotib olingan.Ushbu uy-joy oldi-sotdi bitimlarining deyarli 70 %ini aynan yashash joyi boshqa viloyatlarda bo‘lgan fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Farmoniga ko‘ra 020 yil 1-apreldan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiskasi bo‘lmagan fuqarolar ham ko‘chmas mulk sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lgan edi.
Bugungi kunda toshkentdan uy xarid qilish uchun necha pul kerak bo‘lishi mumkinligi haqida batafsil infografikamizda tomosha qiling.