TOShKENT, 22-iyun - Sputnik. “Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, ltd” MChJ xususiylashtirishga tayyorlamonqda, deb xabar qildi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.
"Davlat aktivlarini boshqarish agentligi shaffoflikni ta’minlagan holda “Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, ltd” mas’uliyati cheklangan jamiyatini ommaviy savdolar asosida xususiylashtirishga tayyorlamoqda", - deyilgan rasmiy xabarda.
Xususiylashtirish jarayoniga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy investitsiya vositachilari va auditorlik kompaniyalarini jalb etish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun: Hozirgi kunda Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, ltd” mas’uliyati cheklangan jamiyati ustav kapitalidagi - 57,118 % ulush "O‘zbekozikovkatxolding" xolding kompaniyasiga va 42,882 % "The Coca-Cola Export Corporation" (AQSh) kompaniyasiga tegishli.