Turkiyadagi O‘zbekiston fuqarolariga murojaat qilindi

Obuna bo‘lish
Turkiyadagi xorijliklar xalqaro transport qatnoviga ruxsat berilganidan so‘ng bir oylik muhlatda chiqib ketishlari yoki viza/vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish muddatini qaytadan rasmiylashtirishlari zarur.

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi Turkiya hududida vaqtinchalik bo‘lib turgan fuqarolarga murojaat qildi.

Ta’kidlanishicha, Turkiyada yangi turdagi koronavirus epidemiyasi tufayli parvozlarning bekor qilinishi sababli, viza/vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish muhlatlari o‘tkazib yuborilgan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan jazolar qo‘llanilmasligi qaror qabul qilingan edi.

Inostrannie grajdane poluchayut trudovoy patent v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada migrantlar bugundan patent rasmiylashtirishi zarur

Turkiyada epidemiologik vaziyatni barqarorlashib borishi, qator xorijiy davlatlar bilan aviaqatnovni tiklanishi sababli Turkiya hukumati bu yo‘nalishda qo‘shimcha choralar qabul qilmoqda.

Xususan, Turkiya IIV tomonidan tarqatilgan yo‘riqnomaga asosan, mamlakat hududini ma’lum sabablarga ko‘ra tark etmagan chet el fuqarolari (transport aloqalari to‘xtatilgan vaqtdan vaziyat normallashgan muddatga qadar), hamda kirish vizasi va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish muhlatlari o‘tkazib yuborilgan xorijiy fuqarolar, Turkiyaning o‘z davlatlari bilan transport qatnoviga ruxsat berilganidan so‘ng bir oylik muhlatda chiqib ketishlari yoki viza/vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish muddatini qaytadan rasmiylashtirishlari zarur.

“Shu sababli, Turkiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga Turkiya tomonidan qabul qilingan ushbu qaror talablarini inobatga olish va koronavirus kasalligidan o‘zini himoyalash bo‘yicha barcha zarur talablarga rioya etish tavsiya etiladi”, - deyilgan xabarda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada 186 mingdan ziyod koronavirus holati aniqlangan. 159 mingdan ziyod kishi ushbu kasallikni yenggan. Jami 4927 ta o‘lim holati kuzatilgan.

Yangiliklar lentasi
0