TOShKENT, 19-iyun - Sputnik. Kecha 18 iyun kuni Sirdaryo viloyatida beshta yengil avtomobil to‘qnashdi deb xabar qilmoqda IIV YHXBB Axborot xizmati.
Voqea soat 10:20larda, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan M-34 avtomobil yo‘lining 85-kilometrida sodir bo‘lgan. 28 yoshli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan "Kaptiva" avtomobili uning oldida harakatlanayotgn "Kobalt"ni o‘ng tomonidan quvib o‘tmoqchi bo‘lganda (qoidaga xilof ravishda) yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan haydovchi “Damas”, “Kobalt” va “Audi-100” rusumli avtomashinalarga uriladi.
YTH oqibatida “Damas” avtomobilida bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchilar og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etishgan, “Kobalt” haydovchisi B.M. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati haydovchilardan yana bir bor amaldagi yo‘l harakati qoidalariga, quvib o‘tish va tezlik meyorlariga amal qilishlarini, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini eslatib o‘tgan.