O‘zbek harbiylari Qizil maydon bo‘ylab o‘tadi

© Minoboroni UzbekistanaVoyennoslujashie Uzbekistana
Voyennoslujashie Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eslatib o‘tamiz: tantana 24-iyun kuni Moskvaning bosh maydonida bo‘lib o‘tadi. Avvalroq Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham G‘alaba paradiga tashrif buyurishini ma’lum qilgan edi.

TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. Bu yil Buyuk G‘alabaning 75-yilligi munosabati bilan parad o‘zgacha miqyosda o‘tkaziladi. Gap nafaqat yubiley sanada, balki yaqinlashib kelayotgan bayram miqyosida ham.

Bu yil Rossiya Qizil maydondagi paradga 19 davlatning parad bo‘linmalarini ishtirok etishga taklif qildi.

Bugungi kunga kelib, Moskvaga kamida 12 mamlakatning, shu jumladan, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlaridan harbiy xizmatchilar yetib keldi.

Buyuk G‘alabada O‘zbekistonning hissasi

Ikkinchi Jahon urushi yillarida O‘zbekiston frontni qurol-yarog‘ va oziq-ovqat bilan ta’minladi.

Shuningdek, urush yillarida sharqqa, shu jumladan O‘zbekistonga, fashizm ustidan umumiy G‘alabani toblagan minglab korxonalar evakuatsiya qilindi.

Respublika Sovet Ittifoqining bosib olingan hududlaridan bir yarim millionga yaqin evakuatsiya qilinganlarni qabul qildi.

Bir necha yuz ming yetim bolalar bu mehmondo‘st zaminda ikkinchi uylarini va yangi ota-onalarini topdilar. 15 bolani boqib olgan temirchi Shomahmudov oilasining mashhur namunasi bunga yagona dalil emas.

Ikki millionga yaqin o‘zbekistonlik frontga ketdi, ularning deyarli yarmi janglarda halok bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0