Tramp Germaniyani shantaj qilib, Rossiya chegaralariga yaqinlashmoqda

Obuna bo‘lish
AQSh o‘z qo‘shinlarining bir qismini Germaniyadan olib chiqmoqchi. Donald Tramp Germaniya hukumatini majburiyatlarni bajarmaganlikda aybladi.

Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Germaniya hukumati NATOga YaIMdan 2 foizini to‘lashi kerak, bunga Germaniya rozi emas.

Berlin ular mudofaa uchun yetarlicha mablag‘ sarflamoqda, Amerika qo‘shinlarining olib chiqilishi davlat xavfsizligiga ta’sir qilmaydi degan fikrda. Biroq, agar AQSh va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashishda davom etsa, unda Amerikaning yadroviy qurollarini Germaniyadan olib chiqish masalasi kun tartibiga chiqishi mumkin. Bu holda, AQShga Polsha yordamga kelishi mumkin, u o‘z mamlakatida Amerika harbiylarining ko‘payishini sabrsizlik bilan kutmoqda.

Yangiliklar lentasi
0