Toshkentda “KamAZ” reklama ustuniga borib urildi: ikki kishi qurbon bo‘ldi

© Press-slujba MChSStrashnoe DTP v Tashkente uneslo jizni 2-x chelovek
Strashnoe DTP v Tashkente uneslo jizni 2-x chelovek - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“KamAZ” haydovchisi yo‘l chetidagi reklama ustuniga borib urilgan. Natijasida avtomobil salonida yong‘in kelib chiqqan.

TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida “KamAZ” rusumli yuk mashinasi ishtiroki yo‘l-transport hodisasi bo‘ldi.

Pereval Kamchik - Sputnik O‘zbekiston
Rulda uxlab qoldi: “Qamchiq” dovonida jiddiy YTH sodir bo‘ldi

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, YTH 18-iyun kuni taxminan soat 06.00 da Toshkent xalqa avtomobil yo‘lidagi “Dilshod” kafesining yonida sodir bo‘lgan. “KamAZ” haydovchisi 38 yoshli Munis I. yo‘l chetidagi reklama ustuniga borib urilgan. YTH natijasida avtomobil salonida yong‘in kelib chiqqan. Haydovchi olgan jarohatlari sababli voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Hodisa ro‘y bergan vaqtda reklama ustuni yonida taxminan 25-35 yoshli yigit bo‘lgan, uning shaxsi aniqlanmoqda. U YTH joyida olgan jarohati sabab tibbiyot muassasasiga olib borilgan. Ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmadi.

YTH sababi o‘rganilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0