TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Nursulton Nazarboyev koronavirus yuqtirib oldi. Bu haqda uning rasmiy sayti xabar qildi.
“Hozirda Qozog‘istonning birinchi prezidenti o‘zini o‘zi yakkalagan. Afsuski, Elboshining koronavirus infeksiyasiga topshirgan so‘nggi testi musbat chiqdi. Xavotirlanishga o‘rin yo‘q”, - deyilgan xabarda.
Nursulton Nazarboyev uydan turib ishlashni davom ettirmoqda.
Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq 15 877 ta holat qayd etilgan. Bemorlarning 9629 nafari tuzalib ketgan. Virusdan 100 ta o‘lim holati kuzatilgan.