O‘zbekistonda koronavirus alomatlari yengil kechayotgan bemorlar uy sharoitida davolanadi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishNII detskoy onkologii i gematologii RONS imeni N. N. Bloxina
NII detskoy onkologii i gematologii RONS imeni N. N. Bloxina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev koronavirusning yengil shakllari aniqlangan yoki kasallik alomatlarisiz o‘tayotgan bemorlarni uy sharoitida davolash amaliyotini joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi.

TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusning yengil shakllari aniqlangan yoki kasallik alomatlarisiz o‘tayotgan fuqarolarni uy sharoitida tibbiy nazoratda ushlash va davolash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

“Virusning yengil shakllari aniqlangan yoki kasallik alomatlarsiz o‘tayotgan fuqarolarni uy sharoitida tibbiy nazoratda ushlash va davolash amaliyotini yo‘lga qo‘yishimiz kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Koronavirus bilan kasallanganlarni uy sharoitida davolash amaliyoti dunyoning ko‘plab mamlakatlarida joriy etilgan. Xususan, Rossiyada ham koronavirus alomatlari yengil kechayotgan bemorlar uy sharoitida davolanadi.

Ushbu yig‘ilishda prezident koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tobora murakkab tus olayotgani va pandemiyaga qarshi kurashishda hushorlik va mas’uliyatni o‘n karra oshiradigan yangi bosqich boshlanyotganini ta’kidlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston tuzalgan bemorlarni 14 kunlik reabilitatsiyaga kuzatish amaliyotidan voz kechgani xabar qilingan edi. Tajriba bu amaliyotga zarurat yo‘qligini ko‘rsatgan.

Yangiliklar lentasi
0