BSST koronavirusni davolashda katta "ilmiy yutuq" haqida xabar qildi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishTestirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19 v Moskve
Testirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19 v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Britaniya olmlari 60-yil oldin yaratilgan dorining koronavirusni davolashda samarali ekanini aniqlashdi.

TOShKENT, 17-iyun - Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus COVID-19ni davolashda erishilgan katta "ilmiy yutuq" haqida gapirib berdi.

Xususan, Gebreyesus Buyuk Britaniyadagi koronavirusni davolashda deksametazon steroidi bilan o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar natijalarini yuqori baholadi. 

"Bu COVID-19 bilan kasallangan, qo‘shimcha kislorod yoki sun’iy nafas olishga muhtoj bo‘lgan bemorlarning o‘lim darajasini pasaytirishda yaxshi natija ko‘rsatgan birinchi dori ", - dedi Gebreyesus va ilmiy ish natijalarini "ajoyib yangilik" deb atadi.

Oksfordda o‘tkazilgan tadqiqotlar deksametazon sun’iy nafas olayotgan be’morlar orasida o‘lim darajasini 35 %ga, qo‘shimcha kislorodga muhtoj bo‘lgan bemorlar orasida - 20 %ga kamaytirishi aniqlangan. Sinov davomida 2104 bemor o‘n kun davomida kuniga 6 milligrammdan ushbu preparatni qabul qilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, agar kashfiyot oldinroq amalga oshirilsa, mamlakatda besh mingga yaqin odam hayotini saqlab qolish mumkin edi.

Shavkat Mirziyoyev provel videoselektornoe soveshanie po voprosam uskoreniya realizatsii investitsionnix proyektov - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tobora murakkab tus olmoqda – prezident

Deksametazon dorisi insoniyatga 60-yildan beri ma’lum va yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida ishlatiladi. Bu ko‘p qimmat dori emas. Britaniyada bir qutisi 5 funt turadi. 

Oksforddagi kashfiyotni Misr ham sharhladi. Misrning Koronavirus ilmiy qo‘mitasi rahbari Xussam Hosnining so‘zlariga ko‘ra, Misr deksametazon yordamida COVID-19 ni davolashda oldindan foydalanib kelgan va ijobiy natijalarga erishgan.

"Buyuk Britaniya ushbu dori-darmonni ommaviy axborot vositalari orqali tarqatishga muvaffaq bo‘ldi, garchi Misr bundan oldin ham undan foydalangan bo‘lsa", - dedi Husni Sada al-Balad efirda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, preparat koronavirus bilan og‘rigan bemorlarni o‘rtacha va og‘ir bosqichlarda davolash uchun ishlatiladi. Biroq, dorilarni faqat shifokorlar nazorati ostida kasalxonalarda foydalanish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 8 mln nafardan oshgan, 434 mingdan ortiq odam vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0