Rossiya harbiylari Tojikistonda "raqib"ni yakson qildi

Obuna bo‘lish
Rossiyaning 201-harbiy bazasi harbiy xizmatchilari Tojikistonning Lohur poligonida ikki kunlik mashqlar o‘tkazishdi. Unda 500 dan ortiq razvedka, artilleriya va motoo‘qchi bo‘linmalar ishtirok etdi.

Tankchilar va motoo‘qchilar dushmanning kattaroq kuchlari hujumini qaytarishi, armiya aviatsiyasi ko‘magida qarshi hujumga o‘tib, chekinayotgan dushman kuchlarini butunlay yo‘q qilishi kerak edi.

Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli harbiy xizmatchilar qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlariga to‘g‘ri keldi: manevrlardan oldin shaxsiy tarkib tibbiy ko‘rikdan o‘tdi, mashqlar tugagandan so‘ng esa barcha harbiy texnika to‘liq dezinfeksiya qilindi.

Mashqlar qanday o‘tgani va qumondonlik ularga qanday baho bergani haqida videoda ko‘rishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0