TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Koronavirus pandemiyasiga qaramasdan oliy o‘quv yurtlari o‘z ish faoliyatini - masofadan davom ettirmoqda.
Bugungi kunda o‘zbekistonlik abituriyentlar Rossiya universitetiga kirish uchun faqat internet kerak bo‘ladi.
Janubiy Ural davlat universiteti (Milliy tadqiqot universiteti) - 5-100 loyihasiga kiritilgan, zamonaviy Rossiya ta’limining yetakchi oliygohlardan biri, o‘zini Janubiy Uralda o‘quv, ilmiy, madaniy va sport hayotining markazi sifatida shakllantirgan.
Universitet matbuot xizmatining xabar berishicha, bugungi kunda O‘zbekistonning 348 nafar talabasi ushbu oliygohdada tahsil olmoqdalar: 333 nafar bakalavriyatning asosiy ta’lim dasturlari bo‘yicha, 9 nafar mutaxassislik dasturlari, 4 nafar magistratura dasturlari, 1 nafar aspirantura va yana bir nafar o‘rta kasb-hunar ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olmoqda.
JUrDU 20-iyundan boshlab chet ellik abituriyentlarni onlayn ravishda qabul qilishga tayyor. O‘qishga kirish uchun portal orqali elektron shaklda zarur hujjatlar bilan birga qabul qilish uchun ariza yuborish kerak ", - deb ta’kidlashdi universitet matbuot xizmatida.
Barcha kirish imtihonlari masofadan turib o‘tkaziladi. Imtihon o‘tkazish haqida ma’lumot 20-iyungacha universitet veb-saytida paydo bo‘ladi.
"Vatandoshlar" toifasiga tushadigan talabalar (ota-onasi SSSRda tug‘ilgan) Rossiya fuqarolari bilan bir qatorda budjet joyi uchun tanlovda ishtirok etishlari mumkin; shuningdek, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari (Rossiya Federatsiyasi fuqarolari huquqida) umumiy asoslarda budjet joylariga kirish huquqiga ega. Bundan tashqari, abituriyentlar pullik ta’limni tanlash orqali o‘zlarini qiziqtirgan har qanday yo‘nalishga kirishlari mumkin, deydi Olga Yaroshenko, universitetning xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori.
Bugungi kunda universitetda 27 mingdan ortiq kishi, shu jumladan dunyoning 56 mamlakatidan ikki mingdan ortiq chet ellik talabalar va aspirantlar tahsil olmoqda.
"JUrDUda tahsil olishda asosiy afzalliklardan biri - chet ellik talabalar uchun milliy, madaniy, sport va ilmiy tadbirlardan tashqari tyutorlik loyihasi amalga oshiradigan - xorijiy talabalar uyushmasi hisoblanadi", dedi Yaroshenko.
“JUrDU xorijiy talabalar tyutor” loyihasi 2017-yilda birinchi kurs tinglovchilariga muammolarni yengish va tezroq o‘zlashtirishga yordam berish uchun boshlangan. Tyutorlar - bir necha yildan beri Rossiyada istiqomat qilayotgan chet ellik talabalar. Har qanday talaba ularga universitetga kirish, o‘qish, yashash, talabalik hayoti to‘g‘risida savol berishi mumkin, dedi prorektor.
“Tyutorlar birinchi kurs talabalarini vokzalda va ayeroportda kutib olishadi, migratsion hisobga turish, yotoqxonaga joylashish, tibbiy ko‘rikdan o‘tish va sug‘urta olish ishlarida yordam beradi. Shuningdek, ular Chelyabinsk bo‘ylab ekskursiyalar, kino, teatr va muzeylarga sayohatlar uyushtiradilar, universitetda talabalarni bir-birlari bilan tanishtirishi va do‘st bo‘lishlariga yordam beradigan tadbirlarni o‘tkazadilar ”, dedi Olga Yaroshenko.
JUrDU 80 dan ortiq bakalavriat va 100 dan ortiq magistratura va mutaxassislik dasturlarini amalga oshiradi. Universitetda 40 dan ortiq ilmiy va o‘quv laboratoriyalari va markazlari, shu jumladan dunyoga mashhur olimlar boshchiligidagi 12 xalqaro darajadagi laboratoriyalar mavjud.
Universitetning strategik yo‘nalishlari "Raqamli sanoat", "Materialshunoslik" va "Ekologiya". Yangi bakalavriat va magistratura dasturlari ularning yetakchi sohalardagi dolzarbligini hisobga olgan holda ochiladi.
O‘zbekistonlik talabalar orasida eng ommaviy o‘quv yo‘nalishlar: "Menejment", "Metallurgiya", "Qurilish", "Iqtisodiyot", "Elektroenergetika va elektrotexnika", "Huquqshunoslik".
Hozirgi vaqtda oliygoh 15 ta O‘zbekiston davlat universiteti bilan hamkorlik qiladi. Universitet respublikaning Yekaterinburg shahridagi bosh konsulligi bilan faol hamkorlik qiladi. Diplomatik vakolatxonaning qo‘llab-quvvatlashi tufayli universitet O‘zbekistondagi universitetlar bazasida kasbga yo‘naltirish tadbirlari va qabul kampaniyalarini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
"Bolaligimdan adabiyot va rus tilini yaxshi ko‘raman, shuning uchun Rossiyaga - JUrDUga o‘qishga kirdim. "Filolog" mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olaman. Paralar hech qachon zerikarli bo‘lmaydi, biz har xil matnlar bilan ishlaymiz: tilshunoslik tarixini o‘rganamiz, tahrirlaymiz, loyihalar amalga oshirishni o‘rganamiz, asarlar o‘qib, ularni tahlil qilamiz", - dedi Olmaliqda tug‘ilgan oliygohning 3-bosqich talabasi Dilrabo Tojikulova.
Shuningdek, u talabalar amaliy mashg‘ulotlarda: ilmiy konferensiyalar, olimpiada, forumlarda faol ishtirok etishini ta’kidladi. Bu yil Tojikulova "A.P.Chexovning o‘zbek tiliga tarjima qilingan hikoyalari misolida idiomatik iboralarni tarjima qilishdagi qiyinchiliklar" mavzusidagi xalqaro talabalar konferensiyasida ishtirok etdi.
"Men tilni, madaniyat va urf-odatlarni ona tilida so‘zlashuvchilar bilan o‘rganaman, hamma narsani o‘z ko‘zim bilan ko‘rishim mumkin. JUrDUda dunyoning 56 davlatidan kelgan talabalar tahsil oladi, shuning uchun men boshqa ko‘plab mamlakatlarning madaniyatini ham o‘rganaman", - deydi talaba.
Kelajakda Dilrabo tarjimon bo‘lishni rejalashtirmoqda, endi u ingliz va turk tillarini faol o‘rganmoqda va kitob yozishni orzu qilmoqda.
JUrDU 25 ta reytinglarda taqdim etilgan, birinchi marta xalqaro Times Higher Education 2020 reytingiga 1001+ pozitsiyasida va THE Engineering & Technology (601-800 oraliq guruhi) reytingida kiritilgan. Yangi "THE Impact Ranking " reytingida universitet 401-600 pozitsiyada, "QS" global reytingida esa 801+ pozitsiyani saqlab qoldi.