Koreyada noqonuniy yurgan fuqarolar tufayli O‘zbekiston kvotasi qisqartirilishi mumkin

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishZarubejnie strani: Yujnaya Koreya
Zarubejnie strani: Yujnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koreyada noqonuniy maqomda bo‘lish - O‘zbekistonga berilayotgan ishchilar soni kvotasini qisqartirilishiga olib kelishi mumkin.

TOShKENT, 17-iyun - Sputnik. Koreya Respublikasida noqonuniy faoliyat olib borayotgan fuqarolar tufayli O‘zbekistonga ishchi o‘rinlar berish kvotasi qisqartirilishi mumkin. Bu haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qilmoqda. 

"Koreya Respublikasida noqonuniy yurgan o‘zbekistonliklar soni O‘zbekistonga beriladigan ish o‘rinlari kvotasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni, nolegal fuqarolar soni qanchalik kam bo‘lsa, ajratiladigan ish o‘rinlari kvotasi shunchalik ko‘payadi", - deyilgan agentlik xabarida. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, bugungi kunda Koreyada vaqtincha ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari tomonidan imzolangan shartnomalaga amal qilmaslik, mezbon davlat qonunlarini buzish kabi holatlar hatto deportatsiyaga ham olib kelmoqda.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston fuqarosi  va Koreyadagi ish beruvchi o‘rtasida odatda 3-yillik mehnat shartnomasi tuziladi. Shartnoma doirasida fuqaroning qator majburiyatlari mavjud: ish joyini ruxsatisiz tashlab ketmaslik, ish joyini sababsiz o‘zgartirmaslik, Koreya hududida noqonuniy maqomda bo‘lmaslik, mehnat shartnomasi muddati tugagach 10 ish kuni ichida O‘zbekistonga qaytish va bu haqida Tashqi mehnat migratsiyasini xabardor qilish. Ushbu  shartlar bajarilmagan taqdirda fuqaroga nisbatan belgilangan jarimalar qo‘llanilishi mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0