1 avgustdan barcha hududiy aeroportlarda “ochiq osmon” rejimi joriy etiladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSamolet Boeing 757-231 aviakompanii "Uzbekistan Airways" v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva.
Samolet Boeing 757-231 aviakompanii Uzbekistan Airways v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Ochiq osmon” rejimi Qarshi, Nukus, Termiz, Buxoro, Navoi va Urganch shahridagi aeroportlarda hech qanday cheklovlarsiz joriy etiladi.

TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. 1-avgustdan O‘zbekistonning barcha hududiy aeroportlarida “ochiq osmon” rejimi joriy etiladi. Transport vaziri tegishli buyruqqa imzo chekdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Turbina samoleta uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Havo yo‘llari xorijiy boshqaruvga berilishi mumkin 

“Ochiq osmon” rejimi 2020-yilning 1-avgustidan boshlab IATA “Qish 2022/2023” mavsumi yakunigacha ikki yil muddatga uni uzaytirish yoki shartlarni o‘zgartirish imkoniyati bilan Qarshi, Nukus, Termiz, Buxoro, Navoiy, Urganch, Andijon, Farg‘ona, Namangan va Samarqand shahridagi aeroportlarida “beshinchi havo erkinligi” huquqini qo‘llagan holda joriy etiladi.

Buyruqqa muvofiq “ochiq osmon” rejimi:

  • Qarshi, Nukus, Termiz, Buxoro, Navoi va Urganch shahridagi aeroportlarda hech qanday cheklovlarsiz;
  • Andijon, Farg‘ona, Namangan va Samarqand shahridagi aeroportlarda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotiga a’zo davlatlarning aviakompaniyalariga ko‘rsatilgan aeroportlarga ularning texnik imkoniyatlarini inobatga olgan holda parvozlar soni cheklovlarisiz O‘zbekiston Respublikasi tayinlangan tashuvchilari foydalanmagan yo‘nalishlarda “beshinchi havo erkinligi” va yo‘lovchi parvozlarini amalga oshirish huquqi bilan;
  • Samarqand shahridagi aeroportda qayta ta’mirlash ishlari yakunlangach joriy etiladi.

Mazkur rejimga muvofiq Navoi va Termiz shahridagi aeroportlarda xorijiy aviakompaniyalarga yuk tashish parvozlarini amalga oshirish uchun “ettinchi havo erkinligi”ga qadar bo‘lgan huquqlar beriladi.

Yangiliklar lentasi
0