Toshkentda andijonlik ayol ikki farzandi bilan daraxt ostida yashab kelgan

© GUVD g. TashkentaV GUVD Tashkenta rasskazali o jenshine, kotoraya s dvumya detmi jila pod derevom
V GUVD Tashkenta rasskazali o jenshine, kotoraya s dvumya detmi jila pod derevom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oilaviy kelishmovchilik sababli ayol farzandlari bilan ko‘chada qolgan. Keyin 2019-yilning kuz faslida bolalari bilan Toshkentga ish izlab kelgan.

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Toshkent shahar IIBB poytaxtda ikki farzandi bilan daraxt ostida yashab kelgan andijonlik ayolga yordam ko‘rsatdi.

IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2020-yil 11-iyun kuni patrul-post xizmati xodimlari ikki yosh bolasi bilan ko‘chada qolgan ayolni ko‘rib qolishadi. Taxminan soat 15.00 da ular Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi 9-son IIBga olib kelinadi. U yerda ularni xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor leytenant N. Qahramonova kutib oladi. Aniqlanishicha, ko‘chada qolgan ayol – Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidan kelgan ekan.

Ayolning uyidagi vaziyat keskinlashib borgach, kunlarning birida oilaviy kelishmovchilik sababli ayol farzandlari bilan ko‘chada qolgan. Oilaviy hayotni tiklashdan hafsalasi pir bo‘lgan ayol 2019-yilning kuz faslida bolalari bilan Toshkentga ish izlab keladi.

Pustie ulisi Tashkenta  - Sputnik O‘zbekiston
Karantindan qochish yoki bor bisotini ko‘tarib uzoq yo‘lga piyoda chiqqan ayol haqida

Ma’lum vaqt davomida ayol turli ishlarni bajarab pul topgan. Ilon Ota qabristoni qorovulining budkasida yashab yurgan. Joriy yilda esa ish topish qiyinlashdi, keyinchalik esa umuman ish topib bo‘lmaydigan bo‘lib qoldi. Pul tugagach, boshpanadan ham mahrum bo‘lishadi. Shu bois ayol bolalari bilan Toshkent xalqa avtomobil yo‘li bo‘yidagi daraxtlar ostida joylashib olgan. Toshkent shahar IIBB xodimlari uni aynan o‘sha yerda uchratib qolishadi.

Xotin-qizlar masalalri bo‘yicha katta inspektor leytenant N.Qahramonova Andijon viloyatidagi hamkasblari bilan bog‘lanib, ushbu muammo haqida ma’lum qildi.

Shuningdek, salomatligi bilan bog‘liq muammolari borligi tufayli ayol tibbiy yordamga ham muhtoj edi. Ahvoli yaxshilangach, ayol turar joyi bo‘yicha Andijon viloyatiga jo‘natildi. Andijon viloyati IIBdagi hamkasblar ayolni kutib olib, muammolarini hal qilishda yordam berishlarini bildirishdi.

“Albatta ayolni hali ko‘p ishlar kutmoqda, hayotni boshidan boshlash oson ish emas. Ammo biz uning eng og‘ir kunlari ortda qoldi degan umiddamiz”, - deya yakunlangan xabar.

Yangiliklar lentasi
0