Mudofaa vazirligi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi

© Sputnik / © Sputnik / Aleksey DanichevMujchini s portfelem v ruke. Arxivnoe foto
Mujchini s portfelem v ruke. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston mudofaa vaziriga ikki o‘rinbosar, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘iga o‘rinbosar tayinlandi.

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Prezidentning tegishli hujjatlariga asosan:

Alisher Narbayev hamda Zairdjon Bazarbayev O‘zbekiston mudofaa vazirining o‘rinbosarlari lavozimlariga tayinlandi.

Bunga qadar Alisher Narbayev Qurolli Kuchlar Bosh shtabi artilleriya boshqarmasi boshlig‘i – artilleriya qo‘mondoni, Zairdjan Bazarbayev esa Mudofaa vazirligi Moddiy-texnik ta’minot bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Farrux Ziyabayev Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari – Operativ bosh boshqarmasi boshlig‘i;

Farxodjon Shermatov Qurolli Kuchlar Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni;

Abdulla Hamrayev Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti boshlig‘i lavozimlariga tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0