Kubatbek Boronov Qirg‘iziston bosh vaziri vazifasini bajaradi

© Press-slujba pravitelstva / Sabir AilchiyevKandidat na doljnost premyer-ministr KR Kubatbek Boronov. Arxivnoe foto
Kandidat na doljnost premyer-ministr KR Kubatbek Boronov. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kubatbek Boronov 2018-yildan buyon Qirg‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Qirg‘iziston parlamentining ko‘pchilik koalitsiyasi Kubatbek Boronov nomzodini mamlakat bosh vaziri lavozimiga ma’qulladi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston nashri xabar qilmoqda.

Premyer-ministr Kirgizskoy Respubliki Muxammedkaliy Abilgaziyev   - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston bosh vaziri iste’fo berdi

Uning nomzodini yoqlab barcha deputatlar ovoz bergan.

Boronov 2018-yildan buyon Qirg‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 2011-2018 yillar davomida favqulodda vaziyatlar vaziri bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev iste’foga chiqishini ma’lum qilgan edi. U iste’fosini radiochastotalarni sotishdagi korrupsiya haqidagi jinoiy ish bo‘yicha tergovga bosim o‘tkazishda ayblanmaslik bilan izohlagan.

Yangiliklar lentasi
0