KXDR koreyslararo aloqa ofisini portlatib yubordi – video

© REUTERS / YONHAP NEWS AGENCYDim nad promishlennim kompleksom v gorode Keson, KNDR
Dim nad promishlennim kompleksom v gorode Keson, KNDR - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rasmiy Shimoliy Xalq Demokratik Respublikasi chegaradagi aloqa binosini portlatib borganini tasdiqlagan.

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. KXDR chegaradosh Keson shahridagi Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi aloqa binosini portlatib yubordi. Bu haqda “Ronxap” agentligi xabar qilmoqda.

Avvalroq u yerda portlashlar eshitilib, tutunlar ko‘ringani xabar qilingan edi.

Keyinchalik Pxenyan ushbu xabarni tasdiqladi. “O‘n oltinchi iyun kuni soat 14:50 daqiqada kuchli portlash bilan Shimol va Janubning qo‘shma aloqa ofisi achinarli  tarzda vayron bo‘ldi”, - deya xabar qildi Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi.

Keson Janubiy Koreya poytaxti Seuldan 50 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, harbiy harakatlar boshlangudek bo‘lsa, shimolliklar armiyasining janub bo‘yicha eng asosiy yo‘nalishiga aylanadi deb taxmin qilinadi. 

Pxenyan 9-iyundan boshlab Seul bilan barcha mavjud aloqa kanallarini uzishini ma’lum qildi. Koreya mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi bo‘limi mudirining o‘rinbosari, KXDR yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon Pxenyan yaqin vaqt ichida Janubiy Koreyaga nisbatan “navbatdagi qadam”ni qabul qilishini ma’lum qilgan edi. U Janubiy Koreya tomonidan tashviqot varaqalari jo‘natilishini qoralagan. O‘z navbatida, Seul Pxenyanni koreyslararo kelishuvlarga rioya qilishga chaqirgan.

Yangiliklar lentasi
0