Bu yil imtiyozli abituriyentlar soni va toifasi ko‘paydi

© Sputnik / Pavel LisisinAbituriyent
Abituriyent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi o‘quv yilida kirish imtihonlari osonlashtirilishi bilan bir qatorda, imtiyozli toifaga kiruvchi abituriyentlar soni va toifalari oshirildi.

TOShKENT, 16-iyun - Sputnik. 2020-2021 o‘quv yilida yetti toifadagi abituriyentlar uchun alohida davlat grantlari ajratiladi, deb xabar qildi bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda.

V Uzbekistane otmenili medspravku dlya abituriyentov - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus tufayli test savollari osonlashtirildi

Ushbu tofadagi abituriyentlar qatoriga nogironligi bo‘lgan shaxslar, harbiy qo‘mondonlik tavsiyanomasi bo‘lgan shaxslar, qurolli kuchlar va ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, ijtimoiy kam ta’minlangan toifadagi xotin-qizlar va So‘x tumani bitiruvchilari kiritildi. 

Behzod Musayev aytishiga qaraganda yangi o‘quv yilida imtiyozli shartlarda davlat granti asosida jami 8694ta o‘rin ajratilayotgan. O‘tgan yili ushbu ko‘rsatkich 5 mingga yaqin bo‘lgan. Shuningdek 2020-2021 o‘quv yilida imtiyozli toifalar qatoriga 3ta yangi toifa kiritilgan.

OTMga kirishga imtiyoz berilgan abituriyentlar
Bu yil imtiyozli abituriyentlar soni va toifasi ko‘paydi - Sputnik O‘zbekiston
OTMga kirishga imtiyoz berilgan abituriyentlar
Yangiliklar lentasi
0