O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 2020-yil uchun ijtimoiy soliqni o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida haqiqatda ishlagan vaqtidan qat’i nazar, BHMning kamida 50 foizi hajmida to‘laydi hamda ushbu summa to‘liqligicha budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi va undan kelib chiqqan holda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun o‘rnatilgan tartibda pensiya hisoblash uchun daromad hajmi aniqlanadi.
Faoliyatni legallashtirish bir qator afzalliklarga ega: QQS va Yagona ijtimoiy soliqdan ozod bo‘lish, kelajakda pensiya olish uchun ish stajini hisobga olish, malaka oshirish kurslari va ishlash uchun zarur asbob-uskunalarni ijaraga olish imkoniyati, shuningdek mikrokreditlar va kreditlar bo‘yicha imtiyozlar.
Bu haqda batafsil Sputnik infografikasida bilib olishingiz mumkin.