TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratish tartibi, shuningdek, kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazorati joriy yilning 1-avgustiga qadar saqlab qolinadi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilindi.
Karantin cheklovlari sharoitida faoliyat yuritishiga ruxsat berilgan tadbirkorlik subyektlariga (qurilish, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish obyektlari va b.) tegishli obyektlarda belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga rioya etishi shart.
Koronavirus aniqlangan taqdirda ushbu obyektlarni va shaxslarni karantinga olish hamda saqlash bilan bog‘liq xarajatlar mazkur subyektlar hisobidan qoplanadi.