TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, prezident qarori bilan “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati uch yil etib belgilandi.
Bu sport sohasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash jarayonini optimallashtirish maqsadida amalga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2020/2021 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlangani xabar qilingan edi.